Xorazm viloyatida yashovchi 98 yoshli onaxonga ID-karta xonadonida rasmiylashtirildi

Xorazm viloyatida yashovchi 98 yoshli onaxonga ID-karta  xonadonida rasmiylashtirildi

Tuproqqal’a tumanida yashovchi 98 yoshli onaxonga ID-karta uyidan chiqmagan holda rasmiylashtirib berildi. Uning murojaati Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Abdumajid Shermuxamedov o‘tkazgan sayyor qabul davomida kelib tushgan.

Fuqaroning keksa yoshda ekani va salomatligi sabab idoraga borishi qiyinligi hisobga olindi. Shu bois ichki ishlar organlari xodimlari zarur texnik vositalar va hujjatlar bilan onaxonning xonadoniga borib, xizmatni sayyor tartibda ko‘rsatdi.

Shaxsga doir ma’lumotlarni rasmiylashtirish jarayoni to‘liq uyda bajarildi. Natijada onaxonga yangi namunadagi ID-karta tayyorlab berildi.

Bunday xizmatlar idoralarga borish imkoniyati cheklangan fuqarolarga qulaylik yaratishga qaratilgan. Keksa va harakatlanishi qiyin bo‘lgan aholiga davlat xizmatlarini yashash manzilida ko‘rsatish ishlari davom ettiriladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar