O‘zbek suvoqchisining kuylagan qo‘shig‘i tarmoqlarda 50 millionlab tomoshabinni jalb qildi (video)

O‘zbek suvoqchisining kuylagan qo‘shig‘i tarmoqlarda 50 millionlab tomoshabinni jalb qildi (video)

O‘zbekistonlik suvoqchi kutilmaganda internet foydalanuvchilari orasida tanildi. U kundalik ishi davomida qo‘shiq aytishni yaxshi ko‘radi. Navbatdagi suvoq jarayonida u Eykonning "Lonely" qo‘shig‘ini ijro etgan.

Ustaning do‘sti uning kuylayotganini telefonga tasvirga olib, videoni internetda tarqatgan. Rolik foydalanuvchilarga manzur bo‘lib, hozirga qadar 50 million marta tomosha qilindi.

Video ostidagi sharhlarda ko‘pchilik suvoqchining ovozi va inglizcha talaffuzini maqtamoqda. Ish kiyimida, devor suvayotgan paytida qo‘shiq aytgan usta shu video orqali tarmoq yulduziga aylandi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar