Namangandagi zapravkada Nexia-2 gaz balloni portladi (video)

Namangandagi avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalaridan birida Nexia-2 avtomobilining gaz balloni portlagani aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.
Kuchli portlash oqibatida avtomobil jiddiy shikastlanib, deyarli yaroqsiz holatga kelgani tasvirlarda ko‘rinadi.
Hodisa yuzasidan hozircha rasmiy idoralar jabrlanganlar bor-yo‘qligi yoki portlash sabablari haqida ma’lumot bergani yo‘q. Holat yuzasidan aniqlashtirish ishlari olib borilishi kutilmoqda.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling






























Izohlar 0
…