Yo‘l o‘rtasida milliy libosda raqsga tushgan qizning harakati e’tirozlarga sabab bo‘ldi (video)

Yo‘l o‘rtasida milliy libosda raqsga tushgan qizning harakati e’tirozlarga sabab bo‘ldi (video)
Qisqacha

Ijtimoiy tarmoqlarda avtomobillar harakatlanadigan yo'l o'rtasida, piyodalar o'tish yo'lagida milliy libosda raqsga tushgan qiz aks etgan video tarqaldi. Holat ayrim foydalanuvchilar tomonidan ijobiy baholangan bo'lsa, boshqalar bunday harakat xavfli ekanini ta'kidlab, e'tiroz bildirdi. Hozircha bu voqea yuzasidan Yo'l harakati xavfsizligi xizmati rasmiy munosabat bildirgani yo'q.

Ijtimoiy tarmoqlarda yo‘lning o‘rtasida milliy libosda raqsga tushgan qiz aks etgan video tarqaldi. Unda qiz avtomobillar harakatlanadigan yo‘lning o‘rtasida, ya’ni piyodalar o‘tish yo‘lagida raqs ijro etgani ko‘rinadi.

Mazkur holat ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida turli munosabatlarga sabab bo‘ldi. Ayrimlar qizning milliy libosda raqsga tushganini ijobiy baholagan bo‘lsa, boshqalar yo‘l o‘rtasida bunday harakat qilish xavfli ekanini ta’kidlab, e’tiroz bildirdi.

Hozircha ushbu holat yuzasidan Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan rasmiy munosabat bildirilmagan.

Sizningcha, yo‘l o‘rtasida raqsga tushish to‘g‘rimi? Fikringizni izohlarda yozib qoldiring.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar