General-mayor Tal’at Sattorov 71 yoshida vafot etdi

General-mayor Tal’at Sattorov 71 yoshida vafot etdi

1986 yilda Gdlyan boshchiligidagi tergov guruhi tomonidan «Paxta ishi» doirasida hibsga olinib, qariyb uch yil qamoqda bo‘lgan va keyinchalik oqlangan iste’fodagi general-mayor Tal’at Sattorov 71 yoshida vafot etdi. Bu haqda Qalampir xabar berdi.

Tal’at Sattorov 1955 yil 10 sentyabrda Samarqand shahrida tug‘ilgan. U mehnat faoliyatini Toshkent shahar IIB Jinoyat qidiruv bo‘limida oddiy militsioner sifatida boshlagan. 1982 yilda IIV Toshkent oliy maktabini tamomlab, ichki ishlar organlarining turli xizmatlarida faoliyat yuritgan.

1986 yilda Gdlyan boshchiligidagi tergov guruhi tomonidan hibsga olingan Sattorov qariyb uch yil qamoqda bo‘lgan. Keyinchalik ish Oliy sudda qayta ko‘rib chiqilib, unga nisbatan oqlov hukmi chiqarilgan. Yetkazilgan moddiy va ma’naviy zarar qoplangan hamda u ichki ishlar organlariga xizmatga tiklangan.

Mustaqillik yillarida Tal’at Sattorov Sirdaryo tumani IIB boshlig‘i, viloyat IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, shuningdek, Buxoro, Namangan, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlari IIB boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

2005 yilda II darajali «Shon-sharaf» ordeni bilan taqdirlangan Sattorovga 2010 yilda general-mayor maxsus unvoni berilgan. U 2013 yilda ichki ishlar organlaridan nafaqaga chiqqan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar