Kommunal qarzdorlik uchun Cobalt avtomobili xatlovga olindi

Kommunal qarzdorlik uchun Cobalt avtomobili xatlovga olindi

Majburiy ijro byurosining Zafarobod tuman bo‘limi ish yurituvida qarzdor MCHJdan kommunal xizmatlar bo‘yicha yuzaga kelgan qarzdorlikni undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud.

Mazkur ijro ishi doirasida qarzdorlikni qoplash va ijro hujjati talablarini ta’minlash maqsadida korxonaga tegishli mol-mulklarni aniqlash bo‘yicha tegishli ijro harakatlari amalga oshirildi.

Natijada, qarzdor MCHJga tegishli «Cobalt» rusumli avtotransport vositasi kommunal qarzdorlik yuzasidan xatlovga olindi.

Kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish qarzdorlikning ortib ketishining oldini oladi. Ijro hujjati talablarining bajarilishi yuzasidan tegishli ishlar davom ettirilmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar