Qarzdorlarga tegishli garovdagi avtoulovlar topilib, xatlovga olindi

Majburiy ijro byurosining Jizzax viloyati boshqarmasi AMIB ish yurituvida bo‘lgan ijro hujjatlari doirasida qarzdorlar B.N. va A.K.ga tegishli avtotransport vositalarini aniqlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi.
Olib borilgan qidiruv tadbirlari natijasida har ikki qarzdorga tegishli bo‘lgan jami 2 ta avtotransport vositasi aniqlandi. Aniqlangan avtotransport vositalari belgilangan tartibda xatlovga olindi.
Ushbu choralar ijro hujjatlari talablarini ta’minlash va qarzdorlikni undirish maqsadida amalga oshirildi. Majburiy ijro byurosi tomonidan ijro hujjatlarining o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishini ta’minlashga qaratilgan ishlar davom ettirilmoqda.































Izohlar 0
…