Kredit qarziga beparvo munosabat - avtotransport vositasi xatlandi

Kredit qarziga beparvo munosabat - avtotransport vositasi xatlandi

Majburiy ijro byurosining Jizzax viloyati boshqarmasi AMIB ish yurituvida bo‘lgan ijro ishi doirasida qarzdor L.Kning kredit majburiyatlari bo‘yicha qarzdorligi mavjudligi aniqlandi.

Qarzdorlikni undirish va ijro hujjati talablarini ta’minlash maqsadida qarzdorga tegishli avtotransport vositasi belgilangan tartibda xatlovga olindi.

Mazkur chora kredit qarzdorligini qoplash, undiruvni ta’minlash hamda ijro hujjati talablarini amalda bajarishga qaratilgan. Qarzdorlik belgilangan tartibda bartaraf etilmagan taqdirda, qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa majburiy ijro choralari ham qo‘llanilishi mumkin.

Kredit — bu nafaqat mablag‘, balki o‘z vaqtida bajarilishi lozim bo‘lgan moliyaviy majburiyatdir. Shu bois fuqarolarga kredit to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshirish va qarzdorlikning ortib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik tavsiya etiladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar