Jizzax Autocon reyd tadbirlari davom etmoqda

Jizzax Autocon reyd tadbirlari davom etmoqda

Majburiy ijro byurosining Jizzax viloyati boshqarmasi Qidiruv sho‘basi hamda Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari hamkorligida Autocon tadbiri izchil davom ettirilmoqda.

Tadbir davomida ijro hujjatlari bo‘yicha qidiruvda bo‘lgan hamda turli majburiyatlar yuzasidan qarzdorligi mavjud shaxslarga tegishli avtotransport vositalarini aniqlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Aniqlangan avtotransport vositalari belgilangan tartibda xatlovga olinib, vaqtincha saqlash uchun jarima maydonlariga joylashtirilmoqda. Bu orqali ijro hujjatlarining ijrosini ta’minlash va mavjud qarzdorliklarni undirishga qaratilgan amaliy choralar ko‘rilmoqda.

Autocon tadbiri doirasida Majburiy ijro byurosi va YHXB xodimlarining hamkorligida nazorat tadbirlari davom ettirilib, qidiruvdagi va qarzdorlik bilan bog‘liq avtotransport vositalarini aniqlash bo‘yicha ishlar kuchaytirilmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar