Kredit qarzi ortidan avtomashina jarima maydoniga qo‘yildi

Majburiy ijro byurosining Jizzax viloyati boshqarmasi ish yurituvida bo‘lgan ijro ishi doirasida qarzdorning kredit majburiyatini bajarishi ta’minlanishi yuzasidan qonuniy choralar ko‘rildi.
Ijro hujjati talablari asosida qarzdorlikni undirish maqsadida qarzdorga tegishli avtomashina aniqlanib, belgilangan tartibda xatlovga olindi.
Shundan so‘ng avtomashina saqlovga qabul qilinib, jarima maydoniga joylashtirildi. Bu chora kredit qarzdorligini undirish jarayonida qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshirildi.
Kredit majburiyatini o‘z vaqtida bajarish nafaqat ortiqcha xarajatlar, balki mol-mulkka nisbatan majburiy ijro choralari qo‘llanilishining ham oldini oladi.































Izohlar 0
…