Tabiatga yetkazilgan zarar javobsiz qolmaydi

Byuroning Paxtakor tuman bo‘limi ish yurituvida qarzdor Sh.R.dan Jizzax viloyati ekologiya organi foydasiga yetkazilgan zararni undirish yuzasidan ijro hujjati mavjud.
Ijro harakatlari davomida qarzdorning belgilangan majburiyatni ixtiyoriy ravishda bajarmaganligi inobatga olinib, qarzdorlikni undirishga qaratilgan majburiy ijro choralari ko‘rildi.
Xususan, Sh.R.ga tegishli avtotransport vositasi aniqlanib, qarzdorlikni qoplash maqsadida belgilangan tartibda xatlovga olindi.
Tabiatga yetkazilgan zararning ham o‘z qiymati bor. Qonun talablari asosida bunday zararni qoplash — har bir fuqaroning mas’uliyatidir.































Izohlar 0
…