Qidiruvdagi avtomashina aniqlandi

Qidiruvdagi avtomashina aniqlandi

Majburiy ijro byurosi Jizzax viloyati boshqarmasi Qidiruv sho‘basi xodimlari tomonidan sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining ijrosini ta’minlash borasida tizimli qidiruv tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.

Amalga oshirilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida «Kapital bank» manfaatlarini ta’minlash maqsadida garovga qo‘yilgan hamda qidiruv e’lon qilingan avtomashina aniqlandi.

Qonunchilik talablariga muvofiq mazkur transport vositasi belgilangan tartibda xatlanib, saqlov uchun jarima maydoniga joylashtirildi. Kelgusida ijro hujjatlari talablarini to‘liq ta’minlash yuzasidan tegishli ijro harakatlari amalga oshiriladi.

Majburiy ijro byurosi tomonidan qarzdorlarning mol-mulkini aniqlash, qidiruvdagi transport vositalarini topish hamda sud hujjatlari ijrosini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.

Zero, sud hujjatlarining so‘zsiz ijrosini ta’minlash, fuqarolar va yuridik shaxslarning qonuniy huquq hamda manfaatlarini himoya qilish Majburiy ijro byurosi faoliyatining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar