Qidiruvdagi “Jentra” avtomashinasi topilib, jarima maydoniga joylashtirildi

Qidiruvdagi “Jentra” avtomashinasi topilib, jarima maydoniga joylashtirildi

Majburiy ijro byurosi Sirdaryo viloyati boshqarmasi Qidiruv bo‘limi tomonidan ijro hujjatlarining ijrosini ta’minlash maqsadida qidiruv tadbirlari amalga oshirildi.

O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida 91 ta ijro hujjati bo‘yicha qarzdorligi mavjud bo‘lgan fuqaroning qidiruvdagi “Jentra” rusumli avtomashinasi aniqlanib, belgilangan tartibda ushlandi hamda jarima maydoniga joylashtirildi.

Mazkur ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorlikning umumiy miqdori 50 800 000 so‘mni tashkil etadi. Hozirda avtomashinani belgilangan tartibda auksion savdosiga chiqarish choralari ko‘rilmoqda.

Majburiy ijro byurosi tomonidan ijro hujjatlarida ko‘rsatilgan majburiyatlarni o‘z vaqtida va ixtiyoriy ravishda bajarish zarurligi eslatib o‘tiladi.


Byuroning Sirdaryo viloyati boshqarmasi

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar