Soliq qarzi e’tiborsiz qolmadi: maxsus texnika xatlovga olindi

Soliq qarzi e’tiborsiz qolmadi: maxsus texnika xatlovga olindi

Byuroning Arnasoy tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan soliq qarzini undirish to‘g‘risidagi ijro ishi yuzasidan qarzdor MCHJga nisbatan navbatdagi ijro harakatlari amalga oshirildi.

Ijro jarayonida qarzdor korxonaga tegishli mol-mulklar o‘rganilib, soliq qarzdorligini undirishni ta’minlash maqsadida MCHJga tegishli maxsus texnika xatlovga olindi.

Mazkur chora ijro hujjati talablarining bajarilishini ta’minlash, davlat foydasiga undirilishi lozim bo‘lgan mablag‘larning qaytarilishini kafolatlash hamda qarzdorlikni bartaraf etish maqsadida amalga oshirildi.

Soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarish har bir tadbirkorlik subyektining muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Qarzdorlikni ixtiyoriy ravishda bartaraf etmaslik holatida qonunchilikda belgilangan tartibda mol-mulkni xatlash va boshqa majburiy ijro choralari qo‘llanilishi mumkin.

Soliq qarzini kechiktirmang — majburiy ijro choralariga sabab bo‘lmang!

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar