Xorazmda notanish qizni haqoratlab, videosini tarqatish bilan qo‘rqitgan yigit jazolandi

1 daqiqa o'qish1
Xorazmda notanish qizni haqoratlab, videosini tarqatish bilan qo‘rqitgan yigit jazolandi

Xorazmda 18 yoshli yigit o‘ziga notanish bo‘lgan qizni Telegram orqali bezovta qilib, unga 100 dollar taklif qilgani va videosini tarqatish bilan qo‘rqitgani uchun ma’muriy qamoqqa olindi.

Ma’lum qilinishicha, voqea 2026 yil 19 sentyabr kuni sodir bo‘lgan. Yigit avval sinfdoshidan uning kursdoshi bo‘lgan qizning Telegram profili nomini olgan. Shundan so‘ng qizga yozib, uchrashish va videoqo‘ng‘iroq orqali muloqot qilishni taklif qilgan.

U qizning roziligini olish maqsadida 100 dollar berishini aytgan. Shuningdek, uning videosini tarqatib yuborish bilan tahdid qilgan va haqoratli so‘zlar bilan kamsitgan.

Sud majlisida yigit o‘sha paytda mast holatda bo‘lganini, aslida qizning hech qanday foto yoki videosi uning qo‘lida yo‘qligini bildirgan. U qilmishidan pushaymonligini ham aytgan.

Biroq sud uning harakatlariga huquqiy baho berib, 5 sutka ma’muriy qamoq jazosini tayinlagan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?