Turkiyada 54 yoshli o‘zbekistonlikning jasadi topildi

Turkiyaning Istanbul shahri Shile tumanida dengizda bedarak yo‘qolgan 54 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Abdurahmon Muhammad o‘g‘lining jasadi ikki kunlik qidiruvlardan so‘ng topildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa 16 avgust kuni Majera Park sohilida yuz bergan. O‘sha paytda dengizga tushgan besh kishi cho‘kish xavfiga duch kelgan. Qutqaruvchilar ulardan to‘rt nafarini suvdan olib chiqqan. Biroq Abdurahmon Muhammad o‘g‘li kuchli oqim sabab ochiq dengiz tomon surilib ketgan va shundan so‘ng undan darak bo‘lmagan.
Voqeadan keyin sohil xavfsizligi xodimlari, o‘t o‘chirish xizmati hamda ko‘ngilli qutqaruvchilar ishtirokida keng ko‘lamli qidiruv ishlari boshlangan. Qidiruvlar ikki kun davom etgan.
18 avgust kuni 54 yoshli o‘zbekistonlikning jasadi dengizdan topilgan. Marhumning o‘lim sababini aniqlash uchun jasad sud-tibbiy ekspertizasiga yuborilgan.






























Izohlar 0
…