Xitoylik er-xotinning o‘xshashligi hatto egizaklar bilan adashtirilmoqda

2 daqiqa o'qish3
Xitoylik er-xotinning o‘xshashligi hatto egizaklar bilan adashtirilmoqda

Xitoyning Guandun viloyatida yashovchi yosh er-xotin tashqi ko‘rinishining bir-biriga nihoyatda o‘xshashligi bilan ijtimoiy tarmoqlarda mashhurlikka erishdi. Ularni ko‘rgan ko‘pchilik juftlikni turmush o‘rtoqlari emas, balki uzoq yillar oldin bir-biridan ayrilgan egizaklar deb o‘ylamoqda.

Yigirma yoshlar atrofidagi Lyan Sayyu va Xe Syanshen Guandun viloyatining Dunguan shahrida dorivor o‘simliklar do‘konini yuritadi. Har ikkisi ham an’anaviy tibbiyot bilan shug‘ullanuvchi oilalardan bo‘lsa-da, dastlab o‘z bizneslarini rivojlantirishda qiyinchiliklarga duch kelishgan.

Vaziyat ular Xitoyning TikTok muqobili hisoblangan Douyin ijtimoiy tarmog‘ida reklama roliklarini tayyorlay boshlaganidan keyin o‘zgargan. Lyan o‘zi va turmush o‘rtog‘ining bir-biriga juda o‘xshashligini payqab, bu jihatdan reklamada foydalanishga qaror qilgan. U erini bir xil kiyimlarda hazilomuz videolar suratga olishga ko‘ndirgan. Bugungi kunda aynan shu roliklar do‘konning asosiy reklama vositasiga aylangan.

«Biz ilk bor uchrashganimizda bir-birimizga o‘xshaymiz, deb o‘ylamaganman. Faqat bir necha yil birga yashaganimizdan keyingina bu o‘xshashlikni seza boshladim. So‘nggi ikki yil davomida deyarli har doim birgamiz: birga ishlaymiz, ovqatlanamiz va dam olamiz. Balki tobora bir-birimizga o‘xshab borayotganimiz sababi ham shundadir», — deydi Lyan.

Tabiatan kamgap bo‘lgan Xe dastlab rafiqasining videolarida ishtirok etishga unchalik qiziqmagan. Biroq keyinchalik u ham bu g‘oyaga rozi bo‘lgan. Hatto ularning o‘xshashligini yanada kulgili tarzda ko‘rsatish uchun ayollar kiyimida ham roliklarda qatnashgan.

Ko‘p o‘tmay, juftlikning videolari keng tarqalib, ularning sahifasiga obunachilar soni orta boshlagan. Ayrim foydalanuvchilar esa do‘kondan ko‘ra, tashqi ko‘rinishi bir xil bo‘lgan er-xotinning yangi videolarini kuzatishga ko‘proq qiziqish bildirgan.

Yaqinda juftlikning hayratlanarli o‘xshashligi Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida yanada keng muhokama qilindi. Ko‘pchilik ularni er-xotin emas, balki bir xil egizaklar bo‘lishi mumkin, deb taxmin qilgan.

«DNK tahlilidan o‘tinglar, balki sizlar haqiqatan ham uzoq yillar oldin bir-biridan ayrilgan aka-uka yoki opa-singildirsizlar?» — deb yozgan foydalanuvchilardan biri.

Yana bir kishi esa: «Ular shunchaki bir-biriga o‘xshamaydi, balki xuddi bir odamning ikki nusxasidek. Hatto iyak ostidagi burmalar ham bir xil», — deya izoh qoldirgan.

Shu tariqa, o‘z biznesini reklama qilish uchun videolar tayyorlashni boshlagan xitoylik juftlik bugun nafaqat do‘koni, balki bir-biriga hayratlanarli darajada o‘xshashligi bilan ham internet foydalanuvchilarining e’tiborida qolmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?