Elektr qarzi uchun transformator xatlandi

Elektr qarzi uchun transformator xatlandi

Majburiy ijro byurosining Sharof Rashidov tuman bo‘limi ish yurituvidagi ijro ishi bo‘yicha «Shavkat» fermer xo‘jaligining elektr energiyasidan yuzaga kelgan qarzdorligini undirish choralari ko‘rildi.

Qarzdorlikni qoplash majburiyati bajarilmaganligi sababli fermer xo‘jaligiga tegishli transformator belgilangan tartibda xatlovga olindi.

Ijro harakatlari davomida xatlangan transformator qarzdorlikni undirish maqsadida olib ketilmoqda. Mazkur chora ijro hujjati talablarini ta’minlash hamda elektr energiyasi bo‘yicha qarzdorlikni bartaraf etishga qaratilgan.

Byuro tomonidan qarzdorliklarni undirish va ijro hujjatlari talablarini to‘liq ta’minlash yuzasidan qonunchilikda belgilangan choralar izchil davom ettirilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar