Janubiy Koreyada yo‘lovchi avtobusi svetoforda turgan 32 ta mashina bilan to‘qnashib, ommaviy avariyaga sabab bo‘ldi

1 daqiqa o'qish4
Janubiy Koreyada yo‘lovchi avtobusi  svetoforda turgan 32 ta mashina bilan to‘qnashib, ommaviy avariyaga sabab bo‘ldi

Janubiy Koreyaning Sonnam shahri Bundang tumanida yo‘lovchi avtobusi 32 ta transport vositasi bilan to‘qnashib, yirik yo‘l-transport hodisasiga sabab bo‘ldi. Oqibatda 57 kishi jarohatlandi. Ulardan to‘qqiz nafari og‘ir, 48 nafari esa yengil tan jarohatlari olgan. Bu haqda Yonhap agentligi xabar berdi.

Hodisa 11 noyabr kuni ertalab sodir bo‘lgan. 60 yoshdan oshgan haydovchi boshqaruvidagi avtobus svetoforning yashil chirog‘ini kutib turgan transport vositalariga kelib urilgan. To‘qnashuv natijasida to‘rtta avtobus, bir yuk mashinasi va 27 ta yengil avtomobil shikastlangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, avtobus 100–150 metr masofada transport vositalariga ketma-ket urilib, yo‘lning o‘rta to‘sig‘iga borib to‘xtagan. Jarohatlanganlar orasida avtobus haydovchisi ham bor. U transport ichida qisilib qolganidan so‘ng qutqaruvchilar tomonidan chiqarilib, shifoxonaga olib ketilgan.

Haydovchi politsiyaga tormoz tizimi ishlamay qolganini aytgan. Tekshiruv davomida uning mast bo‘lmagani aniqlangan.

Hozirda politsiya avariya sabablarini o‘rganmoqda. Jumladan, tormoz tizimidagi texnik nosozlik yoki haydovchining pedalni noto‘g‘ri bosgani ehtimollari tekshirilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?