Xabaringiz bor, 25-26 oktyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Turkiyada bo‘ldi. Ekspertlar Shavkat Mirziyoyevning Anqaraga tashrifi O‘zbekiston rahbarining Turkiya Respublikasiga qariyb 20 yil ichidagi dastlabki rasmiy tashrif bo‘lganini va bu tashrif tarixiy ahamiyatga ega bo‘lganligini e’tirof etishdi.
Shu sabab ham Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga davlat tashrifi nafaqat Turkiya, balki boshqa qator xorijiy ommaviy axborot vositalari e’tiborida bo‘ldi. Jurnalistlar va ekspertlarning fikricha, mazkur tashrif O‘zbekiston tashqi siyosatidagi prinsipial o‘zgarishlardan dalolat beradi.
Davlat tashrifi davomida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, turizm, transport, logistika, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Avval, turk OAVlariga nazar solsak. Eng muhimlari bilan tanishtiramiz.
Turkiyaning TRT telekanali (trt.net.tr)da shunday deyiladi:
Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Toshkent har tomonlama strategik ahamiyatga ega hamkor ekani, aholisi 32 million bo‘lgan O‘zbekiston tabiiy gaz zaxirasi bo‘yicha dunyoda yettinchi o‘rinda, uran zaxirasi bo‘yicha to‘rtinchi, paxta yetishtirish bo‘yicha oltinchi va uning eksporti bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turishini ta’kidlagan. Shunga qaramasdan, ikki tomonlama iqtisodiy munosabatlar ko‘lami kutilgan darajada emas, 2016 yil yakuniga ko‘ra, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 1,2 milliard dollarni, joriy yilning sakkiz oyida esa 900 million dollarni tashkil qilgan. Bu haqda batafsil xabar bergan edik.
"Milliyet" (milliyet.com.tr) nashrida shunday deyiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga davlat tashrifi tarixiy ahamiyatga ega bo‘lib, Anqara va Toshkent o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
“Anadolu” agentligiga intervyu bergan Turkiyaning Kappadokiya universiteti o‘qituvchisi, professor Hasan Ali Qarasar:
“Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimini bajarishga qariyb bir yil oldin kirishdi. Xalqaro kuzatuvchilar xulosasiga ko‘ra, O‘zbekiston so‘nggi 10 yil davomida Markaziy Osiyo hamda Yevroosiyoning eng jadal rivojlanayotgan davlatiga aylanadi, aholi jon boshiga yalpi ichki mahsuloti shiddatli sur’atlarda o‘sadi”.
Markaziy Osiyoning ca-news.org yangiliklar xizmati Turkiya Prezidentining davlat rahbarlari darajasidagi uchrashuvi 20 yillik tanaffusdan so‘ng tashkil etilgani, shu bois tashrif juda muhim ahamiyatga egaligi, delegatsiyalar o‘rtasidagi muzokaralardan avval Shavkat Mirziyoyev bilan tor doirada muloqot qilingani va u juda samarali bo‘lgani haqida yozilgan.
Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyib Erdo‘g‘an ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan uchrashuvda muzokaralar o‘zaro anglashuv va hurmat ruhida o‘tgani, imzolangan hujjatlar esa ikki mamlakat o‘rtasidagi uzoq istiqbolli hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladilar. Bu haqda batafsil xabar bergan edik.
Qozog‘istonning 365info.kz axborot-tahlil portalida shunday yozilgan:
Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga davlat tashrifi hamda muzokaralar yakunida imzolangan shartnomalar har ikki mamlakat iqtisodiy rivojiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.
Sayt tahlilchilarining fikriga ko‘ra, Toshkent va Anqara uchun iqtisodiy hamkorlik masalasi birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Turkiya O‘zbekistonning an’anaviy va muhim savdo sheriklaridan biridir. 2000-2016 yillarda o‘zaro savdo hajmi yetti barobar oshgan.
Ikki mamlakat aviakompaniyalari birgalikda parvozlar soni va hududini muntazam kengaytirgan holda faol hamkorlik qilishmoqda. Masalan, Samarqand va Istanbul shaharlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Shu munosabat bilan Turkiyaning O‘zbekiston bozoriga kiradigan sarmoyadorlari va kompaniyalari safi kengaymoqda. Internet nashr Turkiyaning qator sarmoyadorlari O‘zbekistonda elektrotexnika, oziq-ovqat, to‘qimachilik, charm-poyabzal va farmatsevtika sohalari, qurilish materiallari sanoatida qo‘shma korxonalar ochishga tayyorgarlik ko‘rmoqda, deb yozgan.
Ozarbayjonning “Yangi davr” internet gazetasi (yenicag.ru):
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Anqarada yuksak ehtirom bilan oliy darajada kutib olishganiga alohida e’tibor qaratgan. Turkiya Respublikasi Prezidenti saroyida O‘zbekiston rahbari sharafiga faxriy qorovul saf tortgan. Ikki davlat Prezidentlari muzokaralaridan so‘ng jurnalistlar uchun brifing o‘tkazildi.
Ekspertlar Shavkat Mirziyoyevning tashrifi g‘oyat samarali bo‘lganini ta’kidlagan. O‘zbekiston rahbarining Turkiyaga davlat tashrifi natijasida ikki mamlakat strategik sherikka aylanadi, deb hisoblash mumkin.
“Sputnik” yangiliklar portali (ru.sputnik-tj.com):
Shavkat Mirziyoyev ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi bo‘lgan kezlardayoq Turkiya bilan aloqalarni faollashtirishga kirishganini ta’kidlagan. 2016 yil noyabr oyida Samarqandda Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralarda tomonlar ikki davlat hamkorligini rivojlantirish bo‘yicha "yo‘l xaritasi"ni ishlab chiqishga kelishib olgan.
Bundan tashqari, transport kommunikatsiyalarining tranzit salohiyatini rivojlantirish, xususan, ikki davlatni bir-biri bilan bog‘laydigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri transport yo‘lagi bo‘ladigan "Boku – Axalkalaki – Qars" temiryo‘l liniyasiga alohida e’tibor qaratilgan.
Hamkorlikning yana bir ustuvor yo‘nalishi sifatida turizm qayd etilgan. Xususan, Turkiya kompaniyalari O‘zbekistonning tarixiy shaharlarida zamonaviy mehmonxona majmualari qurish, shuningdek, sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirish va soha uchun mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha loyihalar ishlab chiqmoqda.
“O‘zmetronom” axborot portali (uzmetronom.com):
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Turkiyaga davlat tashrifi, Shavkat Mirziyoyevning qo‘shni mamlakatlar bilan yaqinda o‘tkazgan muzokaralari kabi O‘zbekistonning tashqi siyosatida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlardan yana bir dalolat beradi, deb ta’kidlagan.
Ikki tomonlama siyosiy va iqtisodiy manfaatlarning xolis tamoyillari O‘zbekiston uchun nihoyatda qisqa muddatda nafaqat qo‘shni, balki uzoq xorijiy mamlakatlar bilan ham o‘zaro ishonchni tiklash imkonini berdi. Rasmiy Toshkent sheriklariga barcha sohalarda o‘zaro manfaatli asosda, bir-birlarining manfaatlarini hurmat qilgan holda keng ko‘lamli hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga tashrifi mahalliy OAVlarda ham keng yoritildi. Davlat rahbarining O‘zbekistonga qaytib kelganiga bir necha kun bo‘lganiga qaramasdan, hamon bu tashrif o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan. Mazkur davlat tashrifiga bag‘ishlangan videolavha tayyorlanib, alohida dastur sifatida efirga ham uzatildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi