13:40 / 23.08.2018
5 045

Samaralik keksalarning pulini shilib kelgan o'zbekistonlik jodugar-duoxon qo'lga olindi

Samaralik keksalarning pulini shilib kelgan o'zbekistonlik jodugar-duoxon qo'lga olindi
Bu so'zlar o'zbekistonlik firib ustasi, o'zini jodugar-duoxon deya tanishtirib, Samaradagi keksalarning pulini shilgan ayolga tegishli. 56 yoshli bu ayol sherigi bilan Samaradagi pensionerlarni yo'ldan urib kelgan. Go'yoki ularni duo yordamida nazoratdan o'tkazib, ichiga yovuz jin kirib olganini, bu joduni o'zidan boshqa hech kim yecha olmasligini aytishdan tiyila olmagan. Buning uchun firib ustasiga tuxum va qora ip kerak bo'lgan. Tuxumni «jodulangan onaxon»ning yuragi uzra bir necha marotaba aylantirib, keyin pachoqlashgan. Aytishganki, yovuz ruh, jin, jodu yuragiga yopishib olgan. Agar aytilgan pulni bersa, jodudan xalos etishadi. Aks holda jodulangan onaxon bedavo dardga yo'liqadi. Jodu uzoq vaqt kutib o'tirmaydi. Tez orada yuragidan oladi…

Keksa onaxonlar bu gaplardan so'ng shoshib qolishgan. Vahima iskanjasida qolib qo'llariga pul kiradimi, tilla buyummi, yo boshqa qimmatbaho buyummi, darhol firibgarlarning qo'liga tutqazishgan. Firibgar jodugar-duoxon talab qilganini olgach, uzoq vaqt yo'q bo'lib ketgan…

«Buzoqning yugurgani somonxonagacha», «Ko'za kunda emas, kunida sinadi», degan hikmatli so'zlar bekorga aytilmagan. Yaqinda jodugar-duoxon ayol qo'lga tushdi. Tekshiruvlar shuni ko'rsatdiki, u uch nafar pensioner onaxondan firib yo'li bilan katta pul undirgan. Birinchisi 91 ming, ikkinchisi 1 million, uchinchi onaxon 300 ming rubl miqdoridagi naqd pullarni firibgarning qo'liga topshirgan ekan.

Tergov jarayonida ayol sodir etgan jinoyatini bo'yniga oldi. Jinoiy ish ayni paytda sudga oshirilgan. Sud jarayoni 2018 yil sentyabr oyida bo'lib o'tadi. Ammo firibgarga sheriklik qilgan ayolni topa olishmabdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samaralik keksalarning pulini shilib kelgan o'zbekistonlik jodugar-duoxon qo'lga olindi