Bosh vazir sobiq poraxoʻr hokimning qarorini bekor qildi
1 daqiqa o'qish5K


Toshkent shahrida qurilish va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish masalalariga bagʻishlangan sayyor yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirok etdi, deb yozmoqda Kun.uz.
Majlisda Yunusobod tumanidagi “Matonat” mahalla guzari binosi qurilishi uchun yer maydoni ajratish toʻgʻrisidagi Yunusobod tumani hokimi tomonidan qabul qilingan qaror bekor qilindi.
Qurilish ishlari toʻxtatilib, qurilish maydoni hududi obodonlashtirilmoqda, uning oʻrnida bolalar maydonchasi bunyod etilyapti. Ushbu ishlarning nihoyasiga 5 kun muhlat berilgan.
Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 11 sentyabr kuni Yunusobod tumani hokimi Baxtiyor Abdusamatov katta miqdordagi pora bilan qoʻlga olingani xabar qilindi.
Manbaning maʼlum qilishicha, B.Abdusamatov investorga joy taqdim etish maqsadida 400 ming AQSH dollari miqdoridagi pulni pora tariqasida olayotgan vaqtida ushlangan.
- #Toshkent Shahri
- #Qurilish Ishlari
- #Obodonlashtirish
- #O‘zbekiston Respublikasi
- #Abdulla Aripov
- #Yunusobod Tumani
- #Pora Ishlari
- #Katta Miqdordagi
- #Bolalar Maydonchasi
Maqola sizga yoqdimi?
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…