Toshkent shahri va Toshkent viloyatida vaqtincha hisobda turish osonlashdi
1 daqiqa o'qish4.3K


“Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnomaga kiritilgan oʻzgartirishlar Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.
Kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, endilikda vaqtincha hisobda turish uchun murojaat qilgan fuqaro xizmat safari, mehnat taʼtili, malakasini oshirish, davolanish munosabati bilan kelgan boʻlsa, ijara yoki tekin foydalanish shartnomasining notarial tasdiqlangan nusxasini taqdim etishi talab etilmaydi.
- #Oʻzbekiston Respublikasi
- #Toshkent shahri
- #Adliya vazirligi
- #Huquqiy axborot
- #Hisobga olish
- #Murojaat qilish
- #Oʻzgartirishlar
- #Xizmat safari
- #Ijara shartnomasi
Maqola sizga yoqdimi?
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…