
Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektorda prezident tadbirkorlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovlar natijasi ayrim hudud rahbarlarining faoliyatiga baho berishga asos bo‘lganini ma’lum qildi.
«O‘tkazilgan so‘rovlarda eng ko‘p e’tirozlar Bo‘stonliq, Muborak, Yakkabog‘, To‘rtko‘l, So‘x, Marhamat tumanlari hamda Ohangaron shahri tadbirkorlaridan bildirilgan.
Mana, hozir yig‘ilishda tegishli barcha mas’ul rahbarlar o‘tiribdi. Ular bir hafta ichida yuqorida keltirilgan tumanlarning hokim, prokuror, ichki ishlar va soliq boshliqlarini ishdan olish bo‘yicha taklif berishadi. Agar yo‘q, ularning mas’uliyatini bo‘ynimga olaman, bir oy ichida vaziyatni o‘nglaydi, deb kafolat bersa, ularni olib qolamiz. Bo‘lmasa, ishlamaydi», dedi prezident.
Bundan avvalroq tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida tadbirkorlar huquqlari kafolatlari va mulk daxlsizligini ta’minlash masalasiga jiddiy e’tibor qaratilgani, prezident barcha hokimlarni ogohlantirgani xabar qilingandi.
Yig‘ilishda tadbirkorlar bilan ishlashda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan ayrim tuman va shahar hokimlarini vazifasidan ozod qilish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan.
Ma’lumot uchun, bugun Qashqadaryo viloyatining Muborak va Yakkabog‘ tumanlarida hokimlar o‘zgartirilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar