
Rossiyalik sayyohlarning uchdan bir qismi kelajakda xorijga sayohat qilish uchun pul ajratib qo‘ygan.
OneTwoTrip kompaniyasi xodimlari ijtimoiy tarmoqda so‘rov o‘tkazishgan, unda 1706 kishi ishtirok etgan. Rossiyaliklardan kelajakda xalqaro parvozlar tiklanishi bilan ular chet elda dam olishga tayyorgarlik ko‘rayotgani yoki yo‘qligi haqida so‘ralgan, deb yozadi Sputnik.
So‘rovda ishtirok etganlarning 31 foizi ular, albatta, bormoqchi bo‘lgan mamlakat, shahar va diqqatga sazovor joylar ro‘yxatini tuzgan. 33 foizi boshqa mamlakatlarga sayohat uchun pul ajratib qo‘ygan. Respondentlarning 48 foizi chiptalar narxini diqqat bilan kuzatishini aytgan.
OneTwoTrip ma’lumotlariga ko‘ra, ularning eng ko‘p mijozlari Moskvadan Toshkent va Samarqand (O‘zbekiston), Dushanbe va Xo‘jand (Tojikiston), O‘sh va Bishkek (Qirg‘iziston), Yerevan (Armaniston), Boku (Ozarbayjon), Istanbul (Turkiya) va Minsk (Belarus)ga bo‘lgan parvozlar bilan qiziqishgan.
Rossiyalik SayyohlarXalqaro ParvozlarOneTwoTrip KompaniyasiToshkent va SamarqandChet Elda Dam OlishChiptalar Narxi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar