Urganchda 15 yashar o‘quvchi “Jiguli”da YPXdan qochdi

Xorazmning Urganch shahrida 15 yoshli 9-sinf o‘quvchisi VAZ-2107 avtomashinasini katta tezlikda boshqarib, YPX xodimlarining to‘xtash haqidagi talabiga bo‘ysunmadi.
Ma’lum bo‘lishicha, o‘smir mahalla ichki yo‘llarida shovqin-suron bilan harakatlangan. Inspektorlarning bir necha bor bergan ishoralariga qaramay, u harakatini davom ettirgan. Tezkor choralar natijasida avtomobil to‘xtatilgan.
Voyaga yetmagan farzandiga mashina boshqaruvini bergan otasiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 135-moddasi 2-qismi asosida bayonnoma rasmiylashtirilgan. Avtomobil jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
Qayd etilishicha, 8 sentyabr kuni Xorazmda 1 824 ta yo‘l harakati qoidabuzarligi aniqlangan. Shundan 678 tasi qo‘pol qoidabuzarlik bo‘lgan.






























Izohlar 0
…