Byuroning Yashnobod tuman bo‘limi ish yurituvida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining 02.09.2015 yildagi S-1-506/15-sonli sud buyrug‘iga asosan qarzdor B.Tursunovdan undiruvchi Kim Natalya foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandi ta’minoti uchun ¼ qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.
Mazkur ijro hujjati bo‘lim davlat ijrochisi D.Irgashev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 23-moddasiga asosan qo‘zg‘atilgan bo‘lib, qarzdorga aliment undiruvi yuzasidan barcha huquq va majburiyatlari to‘liq tushuntirilib aliment pullarini to‘lamagan taqdirda ma’muriy va jinoiy javobgarlik haqida ogohlantirilgan.
Ijro harakatlari davomida qarzdor aliment pullarini to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan va uni topish imkoniyati bo‘lmaganligi sababli belgilangan tartibda qidiruv e’lon qilingan edi.
Bo‘limning tezkor qidiruv xodimlari tomonidan qarzdor topilib, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 47/4-moddasiga asoosan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan bayonnoma rasmiylashtirilgan. Qarzdor B.Tursunov to‘g‘ri xulosa chiqarib, o‘ziga nisbatan ko‘rilayotgan ma’muriy sud jarayonida alimentdan bo‘lgan 40 mln. so‘m miqdoridagi qarzlarini undiruvchiga to‘liq to‘lab berdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi
O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi?
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video)
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”