Urganch tumanida qarzdor otadan 105,7 mln. so‘m aliment pullari undirildi

Bugungi kunda, Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan aliment to‘lovlari bo‘yicha qarzdorlarning mas’uliyatini oshirish borasida targ‘ibot tadbirlari va tushuntirish ishlari doimiy ravishda amalga oshirilmoqda. Bu esa o‘z samarasini bermoqda.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudining 16.02.2015 yildagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor G‘.S.dan undiruvchi S.S. foydasiga bir nafar farzandi uchun aliment undirish belgilangan.
Byuroning Urganch tumani bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan qarzdorga aliment to‘lovlariga befarqlik bilan qarash, voyaga yetmagan farzandni ta’minotsiz qoldirish qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishiga sabab bo‘lishi haqida bir necha marotaba tushuntirilgan.
Olib borilgan targ‘ibot tadbirlari va tushuntirishlar samara berib, qarzdordan shu kungacha to‘lanmasdan kelingan 105,7 mln. so‘m aliment pullari undiruvchiga undirib berilishi ta’minlandi.
Durdona Atamuratova,
Byuroning Urganch tumani bo‘limi davlat ijrochisi































Izohlar 0
…