Bir yillik qidiruvga yakun yasaldi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Navbahor tumanlararo sudining 2022 yil 27 iyundagi ijro hujjatiga asosan, undiruvchi D.X. foydasiga bir nafar farzandining ta’minoti uchun qarzdor J.U.ning daromadining 1/4 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.
Biroq, qarzdor J.U. aliment to‘lovlarini qasddan to‘lamasdan, o‘z majburiyatlarini bajarishdan bo‘yin tovlab, yashirinib yurganligi aniqlangan. Shu munosabat bilan Majburiy ijro byurosi Karmana tuman bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan 2025 yil 30 may kuni qarzdorga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.
Qidiruv bo‘limi tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida qarzdor o‘zining yashash manzilini qasddan va muntazam ravishda o‘zgartirib kelganligi aniqlangan.
Tezkor ma’lumotlar asosida Boshqarmaning bir yildan buyon qidiruvda bo‘lgan qarzdor J.U. Navbahor tumanining olis hududlaridan biri — «Keskanterak» mahallasidan aniqlanib, ushlandi.
Qarzdor J.U.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 47⁴-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Karmana tuman sudiga yuborildi ( aliment qarzdorligi 30 mln 759 ming so‘mni tashkil qilgan).
Natijada, sud tomonidan qarzdorga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlanib, aliment to‘lash majburiyatini bajarishdan bo‘yin tovlash holatiga nisbatan qonuniy chora ko‘rildi.
Mazkur holat aliment to‘lovlarini o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirish, farzandlar ta’minoti bilan bog‘liq majburiyatlarni vijdonan bajarish zarurligini yana bir bor ko‘rsatadi.































Izohlar 0
…