00:05 / 25.10.2020
3 202

Koronavirusga qayta chalinmaslik uchun nimalar qilish kerak?

Koronavirusga qayta chalinmaslik uchun nimalar qilish kerak?
Bu savolda AOKA zalida o‘tkazilgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Odilova javob qaytardi:

- Kasal bo‘lmaslik uchun uning oldini olish, ya’ni profilaktika zarur.
Birinchi navbatda immunitetning yuqori bo‘lishiga erishish, buning uchun organizmni chiniqtirish, gigiyenik qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga rioya qilish (to‘g‘ri ovqatlanish tamoyiliga amal qilish, jismoniy faollik, zararli odatlardan voz kechish, ruhiy xotirjamlikka erishish) zarur.

To‘g‘ri ovqatlanish:
- kuniga kamida 4-5 mahal ovqat iste’mol qilish,
- tarkibida yog‘, tuz, shakar miqdori ko‘p bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlardan tiyilish,
- kuchli gazlangan rangli hamda energetik ichimliklardan voz kechish,
- kuniga 400 gr. dan kam bo‘lmagan miqdorda xom holdagi meva va sabzavotlarni iste’mol qilish,
- ovqatning bir xilda bo‘lishidan cheklanib, ratsionga go‘sht mahsulotlari bilan bir qatorda albatta sut va qatiq mahsulotlari, dukkakliklar, - ko‘katlarni qo‘shib iste’mol qilish zarur.

Shuningdek, gripp mavsumida piyoz, chesnok va limonning ham alohida o‘rni borligini unutmaslik kerak. Bundan tashqari, odamlar ko‘p to‘planadigan joylardan cheklanish, ko‘chaga chiqqanda himoya vositalaridan to‘g‘ri va to‘liq foydalanish talab etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirusga qayta chalinmaslik uchun nimalar qilish kerak?