date
views 6 013

Qamashilik erkak homilador xotiniga qo‘shib, qaynonasi va 2 nafar bolani o‘ldirdi

Qamashilik erkak homilador xotiniga qo‘shib, qaynonasi va 2 nafar bolani o‘ldirdi
Ijtimoiy tarmoqlardagi Yakkabog‘da sodir bo‘lgan mudhish qotillikka oid xabarlar tasdig‘ini topdi. Bosh prokuratura matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, fojia shu yilning 9 dekabr kuni kechasi sodir bo‘lgan.

Shu kuni qamashilik 30 yoshli A.X. oilaviy kelishmovchilik natijasida mart oyida ota uyiga — Yakkabog‘ tumaniga ketib qolgan xotini M.M.dan (25 yosh) qasd olish uchun keladi. Yarim kechasi devordan oshib tushib, uyda uxlab yotgan xomilador xotini, qaynonasidan tashqari sakkiz va olti yashar ikki bolani ham o‘zi bilan olib kelgan ikkita oshxona pichog‘i bilan qasddan o‘ldiradi.

Bolalar marhuma M.M.ning birinchi turmushidan ko‘rgan farzandlari ekani aytilmoqda.

Voqelikning ertasi kuniyoq A.X. qo‘lga olingan. Ayni paytda unga nisbatan ojizligi avvaldan ayon bo‘lgan bir necha shaxsni qasddan o‘ldirish alomatlari (Jinoyat kodesining 97-moddasi 2-qismi «a, b, v, j» bandlari) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Jinoyat ishi Bosh prokuratura rahbariyatining shaxsiy nazoratiga olingan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qamashilik erkak homilador xotiniga qo‘shib, qaynonasi va 2 nafar bolani o‘ldirdi