Qashqadaryoda xotinini kaltaklagan erkak 3 yilga qamaldi

Jamiyat1 daqiqa o'qish114
Qashqadaryoda xotinini kaltaklagan erkak 3 yilga qamaldi

Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida xotiniga tan jarohati yetkazgan erkakka sud hukmi bilan uch yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Bu haqda jurnalist Shavkat Aminov tayyorlagan lavhada ma’lum qilindi.

Lavhada aytilishicha, er-xotin o‘rtasidagi muntazam kelishmovchiliklar sabab ayol farzandlari bilan ijarada yashab kelgan. Turmush o‘rtog‘ining zo‘ravonligi tufayli u himoya orderi ham olgan.

Voqea kuni erkak ishga ketishidan oldin xotini va farzandlarini ko‘rish uchun ayol yashayotgan uyga borgan. Shu yerda er-xotin o‘rtasida yana janjal kelib chiqqan va mojaro zo‘ravonlik bilan yakunlangan.

Ayolning suddagi ko‘rsatmasiga ko‘ra, eri uni urganida boshi shkafga ham urilib, jiddiy jarohat olgan. Shuningdek, erkak ayoli va qiziga tegishli telefonlar hamda uyda bo‘lgan 5 million so‘m pulni olib ketgan.

Sud hukmiga ko‘ra, xotiniga tan jarohati yetkazgan erkak uch yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?