556
«Ko‘p qavatli uylar oldidagi yo‘laklar kengaytiriladi» – Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari

Foto: «Daryo»
Toshkent shahar hokimligida 8 fevral kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Rahmonov poytaxtdagi avtoturargohlar masalasi haqida so‘z yuritdi, deya xabar bermoqda «Daryo» nashri.
Rahmonovning ta’kidlashicha, aholi o‘z avtomobillarini qo‘yishi yanada qulaylashishi uchun ko‘p qavatli uylar oldidagi yo‘laklar kengaytiriladi.
«Avtoturargohlar nafaqat poytaxt, balki yirik shaharlarning ham katta muammosi. 2021 yil yakunigacha Toshkent shahridagi mavjud 500 dan ziyod mahallaning barchasida keng miqyosda obodonlashtirish ishlari olib boriladi. Bu borada birinchi navbatda avtoturargohlar masalasi ko‘rib chiqiladi.
Mahallalarda ko‘p qavatli uyga kirish qismi va irrigatsion lotok orasida yo‘laklar bor. Bu yo‘lakka aholi o‘z avtomobilini istalgancha qo‘yib ketaveradi. Bu esa shoshilinch tibbiy yordam, o‘t o‘chirish kabi mashinalarning kirishiga imkon bermaydi. Biz endilikda quvurlarni olib tashlab, suv oqishi uchun joy qoldiramiz, ularni uzoqroq joylashtiramiz va natijada turargoh uchun joy kengayadi.
Shuni alohida qayd etish kerakki, mahallalar ichida avtoturargohlar qurish masalasi ham ko‘rib chiqilmoqda. Bugungi kunda mahallalar ichida avtoturargohlar qilinyapti. Aksariyat aholi ularni o‘z kuchi bilan qurmoqda. Ammo bunga qurbi yetmaydiganlar, pensionerlar istiqomat qiladigan hududlarda esa avtoturargohlar tuman garaj xo‘jaligi tomonidan tashkil etiladi», — dedi Baxtiyor Rahmonov. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Ortiqxo‘jayevning o‘rinbosari Toshkent viloyatiga yangi hokim etib tayinlandi

IIBB tadbirkorlarni do‘kon va avtoturargohlar orasida maxsus to‘siqlar o‘rnatishga chaqirdi

Chilonzor tumani hokimi Toshkent shahri hokimiga oʻrinbosar boʻldi

Toshkent shahar «GAI»ga birinchi o‘rinbosar tayinlandi, boshliq esa yo‘q...

Toshkent shahar hokimi ishdan olindi

Mirzohid Obidov Toshkent shahridagi Xalq qabulxonasi mudiri etib tayinlandi