2 248
Vazir o‘rinbosari «Astra Zeneca»ning nojo‘ya ta’siri haqidagi gap-so‘zlarga izoh berdi
Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari «Nega ko‘p davlatlar «Astra Zeneca» vaksinasidan bosh tortdi yoki to‘xtatib qo‘ydi?» degan savolga izoh berib o‘tdi.
«Astra Zeneca» vaksinasi bilan Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniyada allaqachon 17 million kishi emlangan. Ular orasida zararli ta’sir qilgan deb baholangan holatlar milliondan bittani tashkil qiladi.
Bunda asosan tromboz holatlari (tomir ichida paydo bo‘ladigan qon laxtasi, tomir devoriga yopishib, qon oqimiga xalaqit beradi) kuzatildi. Yevropa mamlkatlarida birinchi navbatda 65 yoshdan yuqori aholi emlanishi ko‘zda tutilgan. Tabiiyki, bu yoshdagi odamlar har qanday boshqa kasalliklarga moyil bo‘ladi. Bunga aynan u yoki bu vaksina sababchi deb aytolmayman. Masalan, xuddi shu holat «Pfizer» vaksinasida ham kuzatilgan.
Bunday nojo‘ya ta’sirlar aynan vaksina tufayli kelib chiqdi deb hech kim aytolmaydi, hatto JSST ham. Biz JSST tarkibidagi maxsus kommisiyalarning xulosalarini kutyapmiz. Dunyoda biror vaksina qo‘llashdan to‘xtatib turilgani — uning butunlay zararli degan xulosaga olib kelmaydi. Shunchaki hozirda uning ta’sirlari borasida chuqur o‘rganishlar olib borilmoqda».
Avvalroq, qator Yevropa mamlakatlarining Oksford universitetining COVID-19ga qarshi vaksinasi («AstraZeneca»)dan voz kechishi vaksinatsiya markazlari yopilib, aholini emlash ishlari izdan chiqishiga olib kelgani haqida xabar berilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi