15:33 / 02.04.2021
2 032

Milliy gvardiyaga ishga joylashni va’da qilgan firibgar qo‘lga tushdi

Milliy gvardiyaga ishga joylashni va’da qilgan firibgar qo‘lga tushdi
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi shahar bo‘limi tomonidan viloyat IIB va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Muqaddam 3 marotaba firibgarlik va pora berish kabi jinoyatlari uchun sudlangan fuqaro I.M. fuqaro X.ni 2 000 AQSH dollari evaziga Milliy gvardiyaning viloyat boshqarmasi tizimiga tanishlari orqali ishga joylashtirib qo‘yishga ishontirib, 1 500 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan I.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Milliy gvardiyaga ishga joylashni va’da qilgan firibgar qo‘lga tushdi