17:17 / 08.05.2021
3 724

Mahalliy reyslarga chiptalar narxi e’lon qilindi


«Uzbekistan Airways» AJ respublikamiz bo‘ylab qatnovlarni tiklashni boshladi va chiptalar narxlari ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, eng ommabop yo‘nalishlar – Toshkentdan Urganchga va Toshkentdan Nukusga amalga oshirilgan parvozlar hisoblanadi.

Hozirgi kunda Toshkentdan Urganchga hamda Toshkentdan Nukusga aviachipta narxi 417 000 so‘mdan boshlanadi. Yuqorida ko‘rsatilgan yo‘nalishlar bo‘yicha qatnovlar har kuni bajariladi. Istiqbolda Toshkent-Urganch-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha ham qatnovlar sonini ko‘paytirish rejalashtirilgan.

Aviakompaniya Toshkentdan Termiz, Buxoro, Samarqandga muntazam qatnovlarni amalga oshiradi va 14 maydan boshlab esa Toshkentdan Navoiyga aviaqatnovlar tiklanadi. Ushbu yo‘nalishlardagi aviachiptalar narxi:
  • Toshkent-Termiz – 341 000 so‘mdan. Qatnovlar haftaning dushanba, payshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.
  • Toshkent-Buxoro – 215 000 so‘mdan. Qatnovlar haftaning chorshanba, shanba va yakshanba kunlari bajariladi.
  • Toshkent-Navoiy – 215 000 so‘mdan. Qatnovlar haftaning seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.
  • Toshkent - Samarqand – 114 000 so‘mdan, aviaqatnovlar haftaning seshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.
Shuningdek, aviakompaniya qatnovlar jadvaliga Samarqanddan respublikamizning boshqa viloyatlariga ham maqbul narxlarda qatnovlar kiritiladi.

Farg‘ona viloyatidan Toshkent-Farg‘ona, Toshkent-Namangan yo‘nalishlariga muntazam qatnovlar amalga oshiriladi. Ba’zi sabablarga ko‘ra bundan bir necha yil oldin to‘xtatib qo‘yilgan Toshkent-Andijon yo‘nalishidagi havo qatnovi qayta tiklandi. Farg‘ona vodiysi shaharlariga aviachipta narxi har bir shahar uchun bir xil – Toshkentdan Farg‘ona, Namangan va Andijonga aviachipta narxi – 127 000 so‘mdan.

Aviakompaniya tomonidan Termizni Farg‘ona bilan bog‘lovchi yangi qatnov yo‘lga qo‘yildi. Mazkur yo‘nalish jadvali har ikkala shahar yo‘lovchilari uchun ham maksimal darajada qulay tuzilgan – Termizdan Farg‘onaga qatnov dushanba kunlari, Farg‘onadan Termizga esa payshanba kunlari amalga oshiriladi.

Samarqand shahrida ikkinchi xab tashkil etilgan. Bugungi kunda Samarqanddan muntazam ravishda Toshkent qatnovidan tashqari, uchta shahar – Farg‘ona, Namangan va Urganchga ham mahalliy aviaqatnovlar amalga oshirilmoqda. Aviachiptalar narxi maqbul va har uchchala yo‘nalishda ham bir xil – 190 000 so‘mdan boshlanadi. Bu o‘z navbatida aholi mobil darajasi ortishi va yurtimizda ichki turizmni rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Aviaqatnovlar quyidagi kunlarda amalga oshiriladi:
  • Samarqanddan Namanganga – chorshanba va shanba kunlari.
  • Samarqanddan Farg‘onaga – dushanba, seshanba, juma va yakshanba kunlari.
  • Samarqanddan Urganchga – dushanba, chorshanba, juma va yakshanba kunlari.
Bundan tashqari, Farg‘ona vodiysi va Urganch shaharlari o‘rtasida Samarqand aeroporti orqali yurtimiz bo‘ylab sayohat qilish uchun qulay tranzit qatnovlar mavjud. Shu bilan birga, Samarqandga borish va qaytish parvozlari respublika shaharlaridan Istanbulga amalga oshiriluvchi qatnovlar bilan qulay tarzda bog‘langandir. Istiqbolda Rossiya Federatsiyasi shaharlari bilan muntazam aviaqatnovlar tiklangandan so‘ng, Moskva va Sankt-Peterburgga ham qulay qatnovlar yo‘lga qo‘yiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mahalliy reyslarga chiptalar narxi e’lon qilindi