
Andijon shahrida haydovchi YPX inspektorini kaltaklab, o‘ldirish bilan tahdid qildi. Bu haqda YHXBB xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Andijon shahrida xizmat vazifasini olib borayotgan YPX inspektorining qonuniy talablariga bo‘ysunmagan haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzilib, avtomobil jarima maydoniga olib kirilgan.
Jarima maydonida haydovchi mashinadan tushib, u bilan birga kelgan YPX inspektorini kaltaklagan. Haydovchi harakatlarini davom ettirib, mashinasidagi o‘tkir tig‘li pichoqni olib, inspektorni o‘ldirish bilan qo‘rqitgan.
Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
— Shukhrat (@bankir2102) May 14, 2021
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar