Prezident: “Ertalabdan beri hatto suv ham berishmadi” (video)

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Janubiy Koreyaga davlat tashrifi davomida uchrashuv va tadbirlar tig‘iz jadval asosida o‘tkazilmoqda. Seulda vatandoshlar bilan uchrashuv chog‘ida davlat rahbari kun davomida ishlar ko‘pligi sabab ba’zan hatto tushlik qilishga ham vaqt qolmayotganini aytdi.
Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, tashrif doirasidagi tadbirlar sabab u ertalab soat 4:00 da uyg‘onmoqda. Kun davomida ko‘p gapirish natijasida tomog‘i qirilganini aytgan Prezident vaziyatga hazil bilan munosabat bildirdi.
“Ertalabdan beri hatto suv ham berishmadi”, — dedi u uchrashuv davomida.
Davlat tashrifi doirasida Janubiy Koreya rasmiylari bilan uchrashuvlar, muzokaralar, biznes-forum va boshqa tadbirlar o‘tkazilmoqda.






























Izohlar 0
…