18:43 / 07.06.2021
1 820

2,6 mlrd. so‘mlik sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi


Sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.Namangan viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbir davomida Namangan shahrida fuqaro G.D.ning yashash xonadoni belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.

Natijada, ushbu xonadonda tegishli hujjatlari bo‘lmagan, sifati kafolatlanmagan umumiy qiymati 280 million so‘mlik 23 turdagi 70 382 dona dori vositalari borligi aniqlandi.

Tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu hududda yashovchi fuqaro X.O.ning xonadoni belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganida, ushbu xonadon egasi ham 1 milliard 17 million so‘mlik 28 turdagi 338 518 dona sifati kafolatlanmagan dori vositalarini noqonuniy saqlab kelayotganligi aniqlandi.

Namangan viloyatida o‘tkazilgan yana bir tadbir davomida fuqaro E.S. boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashina o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirildi. Natijada, ushbu avtomashinada tegishli hujjatlari bo‘lmagan umumiy qiymati 700 million so‘mlik 67 turdagi 85 088 dona dori vositalari borligi aniqlandi.

Navbatdagi tezkor tadbirda Mingchinor mahallasida yashovchi fuqaro N.A.ning yashash xonadoni ham belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.

Ushbu xonadonda ham tegishli hujjatlari bo‘lmagan 650 million so‘mlik 53 turdagi 100 443 dona sifati kafolatlanmagan dori vositalari borligi aniqlanib belgilangan tartibda vaqtincha saqlovga olindi. Hozirda mazkur holatlar yuzasidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 2,6 mlrd. so‘mlik sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi