21:43 / 19.07.2021
5 294

Murod Xonto‘rayev o‘limidan avval mast bo‘lgani haqida xabar tarqatgan yigit uzr so‘rab chiqdi


Sobiq MMA jangchisi Murod Xonto‘rayev avtohalokatga uchrab vafot etgani haqida xabar berilgandi. Sportchi vafotidan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda uning mast bo‘lgani va o‘limidan biroz avval bir kishiga pistolet o‘qtalgani haqida ovozli xabar tarqaldi. Ushbu xabarlarni tarqatgan yigit uzr so‘rab chiqdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ovozli xabarda Murod Xonto‘rayev yo‘lga chiqishdan avval Chorvoqning “Bo‘chka” dam olish maskani atrofidagi restoranlardan birida shu yerda yashovchi yigitlar bilan mast holatda tortishib qolgani, ularning biriga pistolet tiragani aytilgan. Shundan so‘ng do‘konga kirib “aroq, viski olib pulini ham to‘lamay” chiqib ketgani aytilgan.

Ushbu xabarlarni tarqatgan yigit qilgan ishidan afsusda ekanini aytib uzr so‘radi.
“Men o‘sha ovozli xabarlarni tarqatgan yigitman. Ovozli xabarni o‘zimning do‘stlarim guruhiga tashlagandim. Tezda katta Telegram kanallarga tarqalib ketibdi. Ming bor uzr so‘rayman, do‘stlari, ota-onalari va oila a’zolaridan.
Men Murod akam bunday ishlar qiladilar deb o‘ylamasdim, eshitgan gapimni aytibman”, – deydi ovozli xabarlar tarqatgan yigit.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Murod Xonto‘rayev 19-iyul, dushanba kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida o‘z boshqaruvidagi BMW X5 avtomashinasida avtohalokatga uchrab, vafot etdi.

Mazkur YTH yuzasidan IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati to‘liq ma’lumot berdi.
“2021-yilning 19-iyul kuni soat 11:30 larda Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani hududidan o‘tuvchi 4R-12 avtomobil yo‘lining 68-kilometrida bir yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan Lacetti hamda BMW X5 ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan. To‘qnashuv oqibatida BMW X5 avtomobili yo‘ldan chiqib ketib ag‘darilgan.

Natijada BMW X5 haydovchisi, 1987-yilda tug‘ilgan M.X. voqea joyida vafot etgan va ushbu avtomobil yo‘lovchisi tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Bo‘stonliq tumani IIB huzuridagi TB tomonidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi bayonotda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Murod Xonto‘rayev o‘limidan avval mast bo‘lgani haqida xabar tarqatgan yigit uzr so‘rab chiqdi