07:30 / 24.10.2021
1 623

Farg‘ona viloyatida avtobus yonib ketdi

Farg‘ona viloyatida avtobus yonib ketdi
Foto: Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi
Farg‘ona viloyatida «Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi»ga tegishli yo‘lovchi tashuvchi avtobus yonib ketdi. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining ma’lum qilishicha, hodisa 2021 yilning 22 oktabr kuni soat 23:00 atrofida Farg‘ona shahar, Sanoat ko‘chasi 240-uyda joylashgan zavod hududida sodir bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, boshqarmaning tezkor boshqaruv markaziga 22 oktabr kuni soat 23:08 da zavodning kirish yo‘lagi yaqinida harakatlanib ketayotgan Isuzu rusumli avtobusning motor va salon qismida yong‘in kelib chiqqani haqida xabar kelib tushgan.

Foto: Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi
Voqea joyiga 3 daqiqadan so‘ng viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yong‘in-qutqaruv guruhlari yetib kelgan. Soat 23:12 da yong‘in qurshab olingan va soat 23:16 da to‘liq bartaraf etilgan.

Avtobus yonib ketishiga dvigatel bo‘linmasidagi qisqa tutashuv sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Hodisa oqibatida jabrlanganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda mazkur hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilib, yong‘in sodir bo‘lish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘ona viloyatida avtobus yonib ketdi