Shavkat Mirziyoyev raisligida 1 mart kuni Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimi hamda ularning jamiyatdagi mavqeyini yanada mustahkamlash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda prezident Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasiga nega aynan To‘raqo‘rg‘on tuman hokimi bo‘lib ishlagan Zulayho Mahkamova rahbar etib tayinlanganiga izoh berdi.
«Men ko‘pdan beri niyat qilib yurardim, shu lavozimga qishloqdan kelsa, yerni bilsa, haqiqatni bilsa, hozirgi islohotlarimizni qadriga yetsa va ayollarni orqasidan ergashtiradigan rahbar kerak edi», — deydi Shavkat Mirziyoyev.
Bundan tashqari, davlat rahbari qayta tashkil etilgan Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligiga Tursunxon Xudobergenov rahbar etib tayinlangani haqida shunday dedi: «Xudobergenov hamma vakolatni olgan, mana shu prezident maslahatchisi sifatida qoladi va mahalla vaziri bo‘ladi», deydi prezident.
Ma’lumot uchun, 2022 yil 1 mart kuni Xotin-qizlar va oila ishlari qo‘mitasi tuzildi. Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi esa Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi sifatida qayta tashkil etildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi