22:28 / 02.09.2022
2 075

Taniqli turk aktrisalaridan go‘zal ko‘rinishga ega bo‘lishga yordam beradigan maslahatlar (foto)

Taniqli turk aktrisalaridan go‘zal ko‘rinishga ega bo‘lishga yordam beradigan maslahatlar (foto)
So‘nggi paytlarda turk seriallari mashhurlik cho‘qqisiga erishgani barchaga ma’lum. Ba’zida ularning muvaffaqiyatli chiqishida syujet emas, balki chiroyli ko‘rinishga ega bosh qahramonlar sabab bo‘lishi mumkin. Bu mavzu haqida gap ketganda ko‘plab muxlislarni turk aktrisalarining go‘zalligi borasidagi sir qiziqtiradi.

Hande Erchel
«Eshigimni qoq» serialidagi bosh roli bilan tanilgan Hande Erchel o‘z faoliyatini xalqaro go‘zallik tanlovida ishtirok etish bilan boshlagan. Aktrisa ushbu tanlovda ikkinchi o‘rinni egallagan. O‘shanda u 19 yoshda bo‘lgan va aynan shu g‘alaba unga o‘zini o‘zi qadrlashida sezilarli ta’sir ko‘rsatgan va o‘ziga bo‘lgan ishonchni yanada mustahkamlashga yordam bergan.

Aktrisa Instagram sahifasiga joylagan har bir surat obunachilarining minglab izohiga sabab bo‘ladi. So‘nggi paytlarda Hande Instagram sahifasidagi 23 million obunachisini yorqin fotosuratlar bilan xursand qilmoqda, bu ajablanarli holat emas, chunki u sport bilan muntazam shug‘ullanadi va qanday ovqatlanishi haqida ham muxlislarini xabardor qilib turadi.

Foto: «Wday»
Fahriye Evjen
Fahriye Evjen «Choliqushi» serialidagi ijrosi orqali dunyo bo‘ylab mashhurlikka erishdi. Aktrisa tashqi ko‘rinishi ustida yillar mobaynida ishlagan va buning uchun bir qancha odatlarni shakllantirgan. Fahriye Evjen hozir ham shu odatlarsiz kunini tasavvur qila olmaydi. Bu odatlar ko‘p uxlash va to‘g‘ri ovqatlanishni o‘z ichiga oladi, aktrisa hech qachon kundalik mashg‘ulotlarini ham unutmaydi.

Fahriye o‘z ustida ishlashni va ruhiy holatiga g‘amxo‘rlik qilishni muhim deb biladi, chunki asab buzilishi va tashvishli holatlar tashqi ko‘rinishga ham ta’sir qiladi. Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra buni hech qanday kosmetik manipulyatsiyalar bilan yashirib bo‘lmaydi.

Aktrisa go‘zalligi haqida gap ketganda, sochlari va terisini parvarish qilish uchun namlovchi, yog‘li, tabiiy mahsulotlarni afzal ko‘rishini aytgan. Tabiiy go‘zallikni yoqtiradigan Fahriye Evjen ba’zida ko‘zlariga urg‘u berib, yorqin bo‘yanib ko‘rinish beradi.

Foto: «Yandeks.ru»
Neslihan Atagul
Neslihan Atagul yoshligidan suratga olish ishlarida qatnashgan va epizod rollari uchun muxlislar tomonidan e’tirof etilgan. Bunga esa aktrisaning g‘ayrioddiy va unutilmas ko‘rinishi sabab bo‘lishi ham mumkin.

Aktrisa kamdan-kam hollarda bo‘yanadi va undan ko‘ra terini parvarishlaydigan mahsulotlarini afzal ko‘radi. Bundan tashqari, Neslihan har doim tabiiy mahsulotlardan foydalanadi. Uning soch va teri sog‘lomligi uchun ishlatadigan sevimli mahsulotlari argan yog‘i va asal niqobidir. Shuningdek, hozir 29 yoshda bo‘lgan aktrisa to‘g‘ri ovqatlanishga va uxlash davomiyligiga ham e’tibor beradi.

Foto: «Wday»
Maryam Uzerli
Maryam Uzerli «Muhtasham yuz yil» serialidagi roli sabab Turkiyaning eng mashhur aktrisalaridan biriga aylandi. Muvaffaqqiyatli bo‘lgan loyihaning suratga olish jarayonida aktrisa vazn ortishi bilan bog‘liq muammoga duch keldi. U ortiqcha vazndan xalos bo‘lish uchun juda ko‘p harakat qilishi kerak edi. Hozir aktrisa hayotini sport mashg‘ulotlarisiz va to‘g‘ri ovqatlanishsiz tasavvur qila olmaydi.

Serialdagi qahramoni qizil sochlari bilan tanilganiga qaramay, real hayotda Maryam bu rangni yoqtirmas edi va suratga olish ishlari tugagach, u tabiiy rangdagi soch bo‘yoqlaridan foydalana boshlaydi.

O‘zgacha ko‘rinishi tufayli Uzerli bir qator taniqli brendlarning «yuzi»ga aylangan. Biroq aktrisa ko‘pchilikning fikriga qo‘shilmaydi va hattoki o‘zini go‘zal deb hisoblamasligini aytgan.

Foto: «Wday»
Berguzar Korel
Hozirda 39 yoshda bo‘lgan «Ming bir kecha» teleserialining yulduzi Berguzar Korel yorqin ko‘rinishga ega. Buning siri esa aktrisaning organik mahsulotlarni to‘g‘ri tanlashi va ovqatlanish rejimida meva, sabzavotlarning ko‘pligidir. Aktrisa hatto suratga olish maydonchasida ham odatlarini unutmaydi, ya’ni o‘zi bilan olib ketadigan ovqatlarni oldindan tayyorlab qo‘yadi. Berguzar bo‘sh vaqtini sport va raqsga bag‘ishlashni afzal ko‘radi.

Foto: «Wday»

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Taniqli turk aktrisalaridan go‘zal ko‘rinishga ega bo‘lishga yordam beradigan maslahatlar (foto)