Hande Erchel Germaniyada suratga olinadigan xalqaro filmning bosh yulduziga aylanadi

Turkiyalik mashhur aktrisa Hande Erchel xalqaro kino loyihasida ishtirok etadi. U eronlik rejissyor Nader Saeivarning “Diaspora” nomli yangi dramatik filmida bosh qahramon obrazini gavdalantiradi. Bu haqda Amerikaning Deadline nashri xabar berdi.
Film voqealari Germaniyada kechadi. Hande Erchel turmush o‘rtog‘idan ayrilganidan so‘ng 12 yoshli o‘g‘li bilan yangi hayot boshlashga urinayotgan Merve ismli ayol rolini ijro etadi. Qahramon hayotini qaytadan yo‘lga qo‘yishga harakat qilar ekan, kutilmagan qiyinchiliklar, adolatsizlik va jamiyatdagi turli stereotiplarga qarshi kurashishga majbur bo‘ladi.
Loyihada nemis aktyori Moris Blyaybtroy ham ishtirok etadi. Film suratga olish ishlari 2027 yil boshida Germaniyada boshlanishi rejalashtirilgan.
“Diaspora” Hande Erchelning xalqaro kino maydonidagi faoliyatida yangi bosqich bo‘lishi mumkin. Aktrisaning dramatik obraz orqali xalqaro auditoriya oldida namoyon bo‘lishi loyiha atrofidagi qiziqishni yanada oshirmoqda.































Izohlar 0
…