00:12 / 29.01.2023
364

2023 yilgi “Oskar” mukofotining nomzodlar ro‘yxatiga kiritilgan filmlar

2023 yilgi “Oskar” mukofotining nomzodlar ro‘yxatiga kiritilgan filmlar
Yaqinda “Oskar” mukofotiga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi. Unga Keyt Uinslet o‘ynagan “Avatar: Suv yo‘li”, Pol Dano va Mishel Uilyams o‘ynagan “Fabelmanlar”, Runi Mara rol ijro etgan “Ayollar g‘iybati” va boshqa ko‘plab filmlar kiritilgan.

“Inisherinalik Banshi”
IMDb reytingi - 7,8
9 nominatsiya: “Eng yaxshi film”, “Eng yaxshi rejissor”, “Eng yaxshi original ssenariy”, “Eng yaxshi erkak roli”, “Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktyor” (2 nominatsiya), “Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktrisa”, “Eng yaxshi montaj”, “Eng yaxshi saundtrek”.

Foto: AdMe
Bu bir vaqtlar do‘st bo‘lgan ikki erkak haqidagi hikoya. Ammo asta-sekin ularning yo‘llari ajraladi, chunki ulardan biri do‘stini juda zerikarli deb hisoblaydi. Ular avvalgi iliq munosabatlarini tiklay oladimi yoki ortga yo‘l yo‘qmi?

“Elvis”
IMDb reytingi - 7,4
8 nominatsiya: “Eng yaxshi film”, “Eng yaxshi aktyor”, “Eng yaxshi operatorlik ishi”, “Eng yaxshi kostyum dizayni”, “Eng yaxshi prodyuserlik”, “Eng yaxshi montaj”, “Eng yaxshi pardoz va soch”, “Eng yaxshi ovoz”.

Foto: AdMe
Film rok-n-roll qiroli Elvis Preslining bolaligidan yetuklik davrigacha bo‘lgan hayoti haqida hikoya qiladi. Qo‘shiqchi bilan juda murakkab munosabatlarga ega bo‘lgan yoqimsiz menejer Tom Parkerni ham yana bir bosh qahramon deyish mumkin.

“Fabelmanlar”
IMDb reytingi - 7,7
7 nominatsiya: “Eng yaxshi film”, “Eng yaxshi rejissor, “Eng yaxshi original ssenariy”, “Eng yaxshi aktrisa”, “Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktyor”, “Eng yaxshi saundtrek”, “Eng yaxshi prodyuserlik”.

Foto: AdMe
Kinorejissor Stiven Spilberg bu kasbga qanday kirib kelgani haqida yarim avtobiografik hikoyani suratga olishga qaror qildi. Kartina ota-onaning o‘g‘lini kinoga olib borishi bilan boshlanadi.

“Qora pantera: Vakanda abadiy”
IMDb reytingi - 7.2
5 nominatsiya: “Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktrisa”, “Eng yaxshi vizual effektlar”, “Eng yaxshi saundtrek”, “Eng yaxshi pardoz va soch turmagi”, “Eng yaxshi ovoz”.

Foto: AdMe
Marvel qahramoni Qora Panteraga asoslangan superqahramonlik filmi. Kartina aql bovar qilmaydigan rivojlanish darajasiga erishgan Afrika xalqi haqida hikoya qiladi. Qahramonlar ko‘p sinovlarni boshdan kechiradi, ammo ular yana bir sinovga duch kelishlari kerak.

“Avatar: Suv yo‘li”
IMDb reytingi - 7,9
4 nominatsiya: “Eng yaxshi film”, “Eng yaxshi vizual effektlar”, “Eng yaxshi saundtrek”, “Eng yaxshi ovoz”.

Foto: AdMe
“Avatar”ning 2-qismidagi voqealar 1-film voqealaridan 10 yil o‘tib sodir bo‘ladi. Jeyk qanday qilib uyini tark etganini va dushmanlardan yashirinib, Pandora hududlarini o‘rganishni davom ettirganini ko‘rish mumkin.

“Bobil”
IMDb reytingi - 7,6
3 nominatsiya: “Eng yaxshi saundtrek”, “Eng yaxshi makiyaj va soch turmagi”, “Eng yaxshi ovoz”.

Foto: AdMe
Voqealar 1920 yillarda Gollivudda sodir bo‘ladi. O‘shanda ovozli filmlar paydo bo‘la boshlagan va mashhurlikka erishayotgandi. Soqov kino aktyorlar yangi voqelikka qo‘shilishga harakat qilishadi. Ulardan qaysi biri muvaffaqiyatga erishadi, kim esa ortda qoladi?

“Betmen”
IMDb reytingi - 7,8
3 nominatsiya: “Eng yaxshi vizual effektlar”, “Eng yaxshi pardoz va soch turmagi”, "Eng yaxshi ovoz"

Foto: AdMe
Bu superqahramonlik filmi chinakam yulduzli tarkibga ega. Filmda Robert Pattinson, Zoe Kravis, Pol Dano, Kolin Farrell va boshqa ko‘plab aktyorlar suratga tushgan. Filmda Betmenning o‘zi xavf ostida bo‘ladi. U juda qiyin vazifani hal qilishi kerak: do‘stni dushmandan ajratish va adolatni tiklash.

“Ayollar g‘iybati”
IMDb reytingi - 7,5
2 nominatsiya: “Eng yaxshi film”, “Eng yaxshi moslashtirilgan ssenariy”

Foto: AdMe
Jamiyat ayollari sir tutilishi kerak bo‘lgan gapni oshkora e’lon qilmoqchi bo‘lishadi, lekin sharoitga ko‘ra bunday qila olmaydilar. Keyin ular bir joyga yig‘ilib, bularni ommaga oshkor qilish uchun qanday yo‘l tutish kerakligi haqida kelishib olishga qaror qilishadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » 2023 yilgi “Oskar” mukofotining nomzodlar ro‘yxatiga kiritilgan filmlar