Narkotik tashigan kaptar: Tailand politsiyasi noodatiy “kuryer”ni qo‘lga oldi

Narkotik tashigan kaptar: Tailand politsiyasi noodatiy “kuryer”ni qo‘lga oldi

Tailandda narkotik moddalar savdosiga qarshi o‘tkazilgan operatsiya vaqtida politsiya g‘ayrioddiy “kuryer”ga duch keldi. Huquq-tartibot xodimlari tanasida maxsus yashirin bo‘lim bo‘lgan kaptarni aniqlagan.

Qushdan nima maqsadda foydalanilgan?

Ma’lum qilinishicha, kaptarning tanasidagi yashirin bo‘lim narkotik moddalarni joylashtirish uchun ishlatilgan. Qushning uzoq masofani bosib o‘tib, yana o‘z uyasiga qayta olish qobiliyati esa undan noqonuniy yuk tashishda foydalanish imkonini bergan.

Odatdagi pochta tashuvchisi o‘rniga kaptardan foydalanilgani voqeani yanada noodatiy ko‘rinishga keltirdi. Operatsiya davomida qushning egasi qo‘lga olingan. Shundan so‘ng kaptar qo‘yib yuborilgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar