Barno Teshaboyeva: “Kampir rollari bilan kam bo‘lmadim”

O‘zbek san’atida turli yoshdagi ayollar obrazini mahorat bilan gavdalantirib kelayotgan aktrisa Barno Teshaboyeva o‘zining ijodiy faoliyati va “kampir” rollari haqida gapirdi.
Aktrisa 38 yildan buyon sahna va ekranda kampir obrazini ijro etib kelayotganini ta’kidladi. U bu kasbidan hech qachon afsuslanmaganini, san’at orqali hayotda o‘z o‘rnini topganini bildirdi.
“Kampir rolini o‘ynaganimdan afsuslanmayman. Shu kasbim ortidan kam bo‘lmadim. Toshkentdan uyim bor, o‘zim xohlagan joyga sayohat qilishim uchun mablag‘im yetarli. Bir oilaning baxtli bekasiman. Bundan ortiq baxt bormi?” — dedi Barno Teshaboyeva.
Aktrisa sahnadagi mashaqqatli mehnati haqida ham gapirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bir konsert davomida 40 daqiqaga yaqin yarim o‘tirgan holda oyoqda turishiga to‘g‘ri keladi.
“Boshqalar 10 daqiqa ham bunday holatda tura olmaydi. Men esa yillar davomida sahnada shu mehnatni bajarib kelyapman”, — dedi san’atkor.
Barno Teshaboyeva, shuningdek, umrini san’atga bag‘ishlagani, ammo bugunga qadar hech qanday mukofotga ega bo‘lmaganini ham afsus bilan qayd etdi.






























Izohlar 0
…