16:23 / 12.06.2024
103

Turk aktyorlari va aktrisalari hayotidagi yangiliklar

Turk aktyorlari va aktrisalari hayotidagi yangiliklar
Turk kino sanoatidagi mashhurlarning ijtimoiy tarmoqda joylashtirgan so‘nggi qiziqarli fotosuratlari va yangiliklari bilan tanishamiz.

3 iyun kuni Istanbul konsert zalida bo‘lib o‘tgan ELLE Style Awards 2024 marosimi shou-biznes vakillari bilan to‘ldi. Yuzlab mashhurlar ishtirok etgan marosimda Demet O‘zdemir noyob libosi bilan barchadan ajralib turdi.

Foto: Dzen

Foto: Dzen
Calendar Gazette Dogan Savash gazetasi yozishicha, aktrisa Yildirim Mayruk tomonidan yaratilgan dizaynerlik ko‘ylakda tashrif buyurdi. Mazkur libos matosi 2000 yilda Parijdan olib kelingan bo‘lib, bunday matodan avvalroq Viktoriya Bekhem ham foydalangan edi.

Foto: Dzen
“Sevgi iztirobi” serialidagi Amir roli hamda “Hukm” serialidagi Ilgaz obrazini gavdalantirgan aktyor Kaan Urganjio‘g‘lu ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida o‘g‘li Arduch bilan tushgan suratlarini joyladi.

Foto: Dzen
2018 yilda Emili Mahrinjer bilan turmush qurgan aktyor Gurgyun O‘z (“Romantik komediya”da Yigit rolini ijro etgan) ikkinchi marta ota bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida o‘g‘li bilan tushgan suratini joylashtirar ekan, aktyor:

Xush kelibsan, o‘g‘lim, Maksim Deniz Oz! Sen tongda quyosh bilan birga dunyoga kelding. Doim hayotimizni yoritib yurgin!”, — deya izoh qoldirdi.

Foto: Instagram
2019 yilda aktyor qizlik bo‘lgan edi.

Foto: Dzen
2024 yil 4 iyun kuni 25-sonli “Sadri Alishik” mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu Turkiyaning eng nufuzli teatr san’ati mukofotlaridan biridir. Teatr va kino aktyori Kerem Alishikga mukofoti topshirilgandan so‘ng, uning jamoasi kutilmaganda tug‘ilgan kuni bilan tabriklay boshladi.

Foto: Dzen
“Sadri Alishik” madaniyat markazi jamoasi Keremni olqishlar bilan kutib oldi va sahnaga katta tort olib keldi. 5 iyun kuni 64 yoshni qarshi olgan aktyor kutilmagan quvonchli voqeadan qattiq ta’sirlandi.

Foto: Dzen
2014 yilda “Koinot go‘zali” tanlovida Turkiya sharafini himoya qilgan va modellik olamining eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgan yana bir turk aktrisasi Dilan Chichek Deniz hayoti ko‘plab muhokama qilinmoqda edi.

Foto: Instagram
So‘ng aktrisa matbuotga taniqli rejissyorning o‘g‘li bilan munosabatda ekanini tan oldi. Dilan hozirda Rafael Jemo Chetin bilan birga munosabat qurgan.

Kuni kecha 38 yoshga to‘lgan maftunkor aktrisa Fahriye Evjen Instagram'dagi sahifasida oila a’zolari bilan birga tushgan suratini joylashtirib, tug‘ilgan kuni haqidagi taassurotlari bilan bo‘lishdi.

Foto: Instagram
Bu mening hayotimdagi eng mazmunli tug‘ilgan kunlarimdan biri bo‘ldi. Men barcha yaqinlarim va do‘stlarimga chiroyli tilaklar uchun minnatdorchilik bildiraman. Barchangizni juda yaxshi ko‘raman”, — deb yozdi aktrisa.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Turk aktyorlari va aktrisalari hayotidagi yangiliklar