Istanbulda suv toshqini: mashhur turk yulduzlari Murat Boz va Demet O‘zdemir suv toshqini sabab xavf ostida qoldi

Turkiyaning Istanbul shahrida kuchli yomg‘ir oqibatida suv ostida qolgan studiyada xonanda Murat Boz va aktrisa Demet O‘zdemir qamalib qoldi. Ular qutqaruv guruhlari tomonidan qayiqlar yordamida xavfsiz hududga olib chiqildi.
Hodisa Sariyer tumanining Ayazag‘a hududida joylashgan “Cendere Phoenix” studiyalarida yuz bergan. Kuchli yog‘ingarchilik sababli hududda suv sathi taxminan ikki metrga ko‘tarilib, 200 nafardan ortiq kishi bino ichida qolib ketgan.
Suv toshqini tufayli studiyaga quruqlik orqali yetib borishning imkoni bo‘lmagan. Shundan so‘ng qutqaruvchilar hududga qayiqlarda kirib borib, Murat Boz, Demet O‘zdemir hamda studiya xodimlarini evakuatsiya qilishgan.
Qutqaruv ishlari natijasida ular xavfsiz joyga olib chiqilgan.































Izohlar 0
…