07:00 / 17.09.2024
10

Turk aktyor va aktrisalarini butun dunyoga mashhur qilgan obrazlar

Turk aktyor va aktrisalarini butun dunyoga mashhur qilgan obrazlar
Ba’zida birgina obraz aktyorlarga o‘zlari hatto kutmaganda ulkan muvaffaqiyat keltirishi mumkin. Turkiya kino sanoatida aktyor va aktrisalarning mashhurlikka erishishi va muxlislar tomonidan e’tirof etilishi ba’zan bitta loyiha tufayli sodir bo‘ladi. So‘ng esa aktyorlarga reklama shartnomalari, katta miqdordagi gonorarlar va, albatta, sodiq muxlislarning sovg‘alari yog‘ila boshlaydi. Quyida turk aktyor va aktrisalarini butun dunyoga tanitgan eng yorqin rollarini yodga olamiz.

1. Hande Erchel — Eda Yildiz (“Qalbim eshigini qoq”)

Foto: Thegirl.ru
Hande Erchel maftunkor Eda rolini ijro etishdan avval ko‘plab boshqa loyihalarda ishtirok etgan. Ammo aktrisaga haqiqiy mashhurlikni “Gunesh qizlari” yoki “Sevgi so‘zlarni tushunmaydi” seriallari emas, balki “Qalbim eshigini qoq” olib keldi. Ha, bundan avvalgi loyihalar ham muvaffaqiyatli edi, ammo Handega ijtimoiy tarmoqlarda millionlab obunachilarni olib kelgan va moliyaviy jihatdan yanada rivojlanishiga sabab bo‘lgan obraz bu Eda Yildiz edi.

2. Merem Uzerli — Xurram Sulton (“Muhtasham yuz yil”)

Foto: Thegirl.ru
“Muhtasham yuz yil”ning birinchi epizodlari chiqqandan so‘ng qizil sochli go‘zal aktrisa haqida barcha muxlislar darhol bilib oldi. Merem Uzerli o‘z qahramonining fe’l-atvori va his-tuyg‘ularini aniq yetkaza oldi. Kuchli va mag‘rur Roksolana turk sultonining haramida bo‘lib, hukmdorning qalbini zabt etishga muvaffaq bo‘ldi. Ayol sultonni va uning qo‘l ostidagilarini mohirlik bilan boshqardi, uning qo‘lida yuzlab iplar bo‘lib, kerakli vaqtda tortishni bilardi.

Aktrisaga Sulton Sulaymonning kanizagi rolini o‘ynash oson bo‘lmagan: u uzoq vaqt Germaniyada yashagani uchun turk tilini deyarli bilmas edi. Ammo Merem Uzerli o‘z qahramoni kabi qat’iyatliligi bilan ajralib turadi, shuning uchun u qiyinchilikka dosh berdi. Natijada turk va xorijiy tomoshabinlar nazarida abadiy Xurramga aylandi.

3. Kerem Bursin — Kerem (“Quyoshni kutib”)

Foto: Thegirl.ru
Kerem Bursin karyerasining boshida Gollivudda yulduz bo‘lishni orzu qilgan, ammo faqat kichik rollarni o‘ynagan, so‘ng Turkiyaga ko‘chib kelgach, u yerda qisqa vaqt ichida mashhur bo‘lgan.

Aktyor “Qalbim eshigini qoq” serialida Serkan Bolat rolidan avval dunyoning turli mamlakatlarida muxlislari bo‘lgan. “Quyoshni kutib” seriali namoyish etilgandan so‘ng Kerem Bursin boshqa rejissyorlar e’tiboriga tushdi va uning karyerasi yuksala boshladi. Bundan tashqari, kutilmagan muvaffaqiyatdan so‘ng, loyiha boshqa mamlakatlarga ham sotila boshladi.

4. Burak O‘zchivit — Bali Bey (“Muhtasham yuz yil”)

Foto: Thegirl.ru
Mashhur aktyor Burak O‘zchivitning muvaffaqiyati tarixiy loyihadan boshlandi. Bali Beyni nafaqat Yevropani, balki ayollar qalbini zabt etuvchisi deb ham atashadi. “Muhtasham yuz yil” seriali telekanallarda efirga uzatilayotgan paytlarda Turkiyada erkaklar sartaroshlardan Bali Bey kabi mo‘ylov qilib berishlarini so‘ragani buning yaqqol misolidir.

5. Jan Yaman — Jan (“Tonggi qush”)

Foto: Thegirl.ru
Ko‘pchilik aktyorni “Tonggi qush” serialidagi roli bilan eslaydi. Aktyorning o‘zi ham uni shu rol bilan eslashlariga ko‘nikib qolgan. Uning loyihadagi qahramoni ham aktyorning fe’l-atvorini o‘zida mujassam etadi. Umuman olganda, aktyorning o‘zi bilan qahramonini farqlash qiyin. Aktyor Italiyaga ko‘chib o‘tgandan so‘ng, chet eldagi loyihalarda suratga tusha boshladi.

6. Kaan Urganjio‘g‘li — Emir (“Sevgi iztirobi”)

Foto: Thegirl.ru
Qora piar ham piar deganlaridek, Kaan Urganjio‘g‘li ijobiy emas, balki salbiy obrazi bilan tomoshabinlar yodida qoldi. Uning yovuz qahramoni nafaqat serialga o‘zgacha shukuh, balki tomoshabinlar e’tiborini ushlab turuvchi kerakli miqdordagi dramani ham berdi. Kaan o‘z fe’l-atvorining barcha murakkabligi va nomuvofiqligini ko‘rsatishga muvaffaq bo‘ldi, bu esa unga tanqidiy e’tirof va jamoatchilik muhabbatini olib keldi.

7. Neslihan Atagul — Nihon (“Sevgi iztirobi”)

Foto: Thegirl.ru
Turk kino sanoatiga o‘smirlik davridan kirib kelgan Neslihan Atagul aynan “Sevgi iztirobi” serialidan keyin butun dunyoga tanila boshladi. Aktrisa haqiqatan ham iste’dodli bo‘lib, loyihada mashhur aktyor Burak O‘zchivit bilan juft bo‘lishi serialni yanada mashhur qilgan.

Loyiha efirga uzatilishidan avval Burak va Neslihanning ishqiy munosabatlari haqida mish-mishlar ham tarqalgan, ammo ular buni rad etgan. O‘sha paytda aktyor allaqachon Fahriye bilan uchrashib yurgan va aktrisa esa Kadir Dog‘ulu bilan turmush qurgan edi.

8. Afra Saracho‘g‘li — Eje (“Fazilatxonim va qizlari”)

Foto: Thegirl.ru
Afra Saracho‘g‘li “Fazilatxonim va qizlari” serialidagi rolidan keyin muxlislar qalbidan joy oldi. Unda aktrisa boyib ketish va “chiroyli” yashashi uchun onasi tomonidan erta turmushga berilgan 17 yoshli Eje rolini o‘ynagan. Tomoshabinlar aktrisaning murakkab his-tuyg‘ularni ekranda yaxshi yetkaza olganini e’tirof etgan.

9. Mert Ramazon Demir — Ferit Korhan (“Qo‘rg‘on sirlari”)

Foto: Thegirl.ru
Aktyor avvalroq “Muhtasham yuz yil: Kosem imperiyasi”da epizodik rol hamda “Fazilat xonim va qizlari” teleserialida kichik rol o‘ynagan. So‘ng 2022 yilda “Qo‘rg‘on sirlari” seriali namoyishi boshlanadi. Dastlabki epizodlardanoq u yetakchi loyihaga aylanadi, undagi aktyorlar ham jahon miqyosida shuhrat qozonadi. Serialda Mert Ramazon Turkiyadagi mashhur zargarning dangasa, qaysar va xudbin nabirasi Ferit Korhan obrazini gavdalantirdi. Aynan shu serial turk aktyoriga o‘z mahoratining ko‘p qirraliligini namoyish etishga imkon berdi.

10. Taro Emir Tekin — Kaya (“Qo‘rg‘on sirlari”)

Foto: Thegirl.ru
Aktyor Londonda tahsil oldi, u yerda teatrda ishlashga muvaffaq bo‘ldi va keyin Turkiyaga ko‘chib o‘tdi. So‘ng Taro Emir Tekin “Bevafo” seriali chiqqandan keyin dunyo miqyosida shuhrat qozondi. “Qo‘rg‘on sirlari”dagi roli uning mashhurligini sezilarli darajada oshirdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Turk aktyor va aktrisalarini butun dunyoga mashhur qilgan obrazlar
ePN